POLIGINIYA

POLIGINIYA

POLIGINIYA (poli… va yun. gyne – xotin) , koʻp xotinlilik — asosan, patriarxatga xos boʻlgan nikoh shakli. Ayrim xalqlarda, koʻproq, mu-sulmon xalklarida saqlanib qolgan (q. Haram). Baʼzan Poliginiya poligamiya (koʻp nikoxlilik) shaklida ham qoʻllaniladi. Poliginiya aslida guruxli nikohning qoldigʻi-dir, unda bir urugʻning barcha ayollari boshqa urugʻning barcha erkaklariga umumiy xotin hisoblangan. Keyinchalik davrlar oʻtishi b-n jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari va madaniy hayot yuksalishi tufayli bir nikoxlik — monogamiyaga oʻtilgan.

Ensiklopediya.uz
POLIGINIYA