POLIAKRILATLAR
POLIAKRILATLAR — akril kislota efirlarining polimerlari. Umumiy formulasi [—SN2—C(Rʻ)(COOR)-] n, bu yerda Rʻ—N yoki SN,; R — alkil yoki aril radikali. Poliakrilatlarning baʼzilari kat-tik, kayishqok, shaffof, baʼzilari ancha yumshoq, kauchuksimon, mumsimon mahsulotlar. Ultrabinafsha nurlarini oʻtkazish xossasi kvarsnikiga yaqin, zichligi 1150—1250 kg/m3. Kimyoviy jixatdan barqaror, yorugʻlik, kislorod, benzin va moylar taʼsiriga chi-damli, organik erituvchilar va oʻzlarining monomerlarida yaxshi eriydi. Akrilatlarni suvli muhitda (emulsiya usuli), massada (blokli usul) va erituvchida peroksid initsiatorlar ishtirokida polimerlash usuli bilan olinadi. Poliakrilatlar tibbiyotda, mas, kontakt linzalari, sunʼiy tishlar va b. pro-tezlar tayyorlashda, suvli dispersiyalari teriga ishlov berish, qogʻoz, taxta va matoga shimdiriluvchi tarkiblar sifatida, lok-boʻyoq materiallar va yelimlar olishda qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
POLIAKRILATLAR