POLESYE PASTTEKISLIGI
POLESYE PASTTEKISLIGI, Polesye — Belorussiya, Ukraina va RFdagi pasttekislik. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida, Pripyat, Dnepr va Desna daryolarining havzasida joylashgan. Belorussiyaning jan. viloyatlarini Belorussiya Polesyesi, Ukrainaning shim. viloyatlarini Ukraina Polesyesi va RF ning bir qismini (Bryansk viloyati) — Bryansk-Jizdra Polesyesi egallagan. Umumiy mayd. 270 ming km2. Bal. 150—200 m. Iqlimi moʻtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4° dan —8° gacha, iyunniki 17° — 19°. Yiliga 550—650 mm yogʻin tushadi. Polesye pasttekisligining katta qismi botqoklik, koʻl koʻp. Polesye pasttekisligining 1/3 kismeta yaqini oʻtloq. P. p. da melioratsiya sohasida koʻpgina ishlar qilingan. Javdar, arpa, bugdoy, zigʻir, kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Muhim foydali qazilmalari: neft, qoʻngʻir kumir, torf, kaliy tuzlari.
Ensiklopediya.uz
POLESYE PASTTEKISLIGI