POCHTAMT
POCHTAMT (nem. Postamt) — aholiga, tashkilot va muassasalarga barcha turdagi pochta, telegraf, telefon, internet aloqalari sohasida xizmat koʻrsa-tuvchi yirik aloqa tashkiloti. Pochtamt respublika, viloyat va baʼzi tuman mar-kazlarida tashkil qilinadi. Pochtamt shaharning markaziy pochta korxonasi xisoblanadi; shuning uchun i. ch. funksiyalarini bajarish bilan bir vaqtda oʻziga qarashli aloqa boʻlimlarining ishini tashkil va nazorat qiladi. Oʻzbekistonda barcha viloyatlar markazlarida, Nukus sh. va Toshkent sh. da Pochtamtlar faoliyat yuritmoqda (2004).
Ensiklopediya.uz
POCHTAMT