Pochcha qayinsingilga mahrammi?
Ассалому алайкум ҳурматли устозлар. Почча қайинсинглисига маҳрам бўладими? 2020.02.24 Vaalaykum assalom. Pochcha qayinsingilga nomahram hisoblanadi. Shuning uchun qayinsingil o‘z pochchasi bilan yolg‘iz qolishi mumkin bo‘lmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi: وَأَنْ تَجْمَعُوا بَيْنَ الْأُخْتَيْنِ Agar kishi nikohidagi xotinini taloq qilib, iddasi chiqsa yoki ayoli vafot etsa, uning singlisiga yo opasiga uylanishi mumkin. Hazrat Usmon raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir qizlariga uylanganlar. U vafot etganidan keyin ikkinchi qizlariga uylanadilar. Shuning uchun u zotni «Zunnurayn», ya’ni «Ikki nur sohibi» deyiladi. Vallohu a’lam. O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo.uzPochcha qayinsingilga mahrammi?
DO`STLARGA ULASHING:
SAVOL:
JAVOB:
«…Ikki opa-singilni qo‘shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi)» (Niso, 23).
fatvo hay’ati.
Pochcha qayinsingilga mahrammi?