POʻLATOV Surʼat Obidovich

POʻLATOV Surʼat Obidovich

POʻLATOV Surʼat Obidovich (1931. 23.10, Toshkent) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalqartisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1952). 1952—56y. lar Kdsh-kddaryo teatrida aktyor, bosh rej. (1955 — 56), 1956-y. dan Muqimiy teatrida aktyor. P. ijodi qaxramonlaridagi ezgu tuygʻular, kuchli psixologik talqini, ularning ichki kechinmalarini ochiщda chiroyli musiqiy xonishlar b-n toʻldirishi, oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Ravshan («Ravshan va Zulxumor»), Haydar («Nurxon»), Za-far («Zafar»), Teshaboy («Toshbolta oshiq»), Aziz («Fargʻona hikoyasi»), PoʻlatZarafshon qizi»), Nodir («Guli siyoh»), Armon («Qizbuloq»), Norqoʻzi («Yoshlikda bergan koʻngil»), Usmonali («Navoiy Astrobodda»), Ota-izor («Mangu mashʼal»), Kul («Na malakman, na farishta»), Ota («Devona») kabi 200 dan ortik, rol ijro etgan. Xonanda sifatida «Yangra sozim», «Sevgi niholi» , «Ochil gulim», «Naʼmatak», ] «Bayet IV» «Parvona boʻlibman», «Aqli raso boʻlsin», «Yigit va qiz dueti», «Otma-gay tong», «Abduraxmonbegi» kabi qoʻshiq va ashula yoʻllari bilan tanilgan. Poʻlatov tele-vizion va videofilmlar, telepostanovka va telenovellalar («Naʼmatak», «Gul va inson», «Qorakoʻz», «Koʻngil koʻchalari», «Sud davom etadi», «Bir goʻzal bormish» va b.) da bir kancha rollar ijro etgan. Shuningdek, kinoda («Gulistondan judo», «Koʻzlarim yoʻlingda», «kim jin-ni» va b.) ham suratga tushgan. 1960-y. dan «Tabassum» radiojurnalining boshlovchilaridan, dublyaj sanʼatida ham barakali ijod qilgan. Poʻlatov haqida «Sanʼatga baxshida umr» (rej. Sh. Xoʻja-yev) filmi ishlangan. «Shuxrat» medali bilan mukofotlangan (1995).

Ensiklopediya.uz
POʻLATOV Surʼat Obidovich