PNOMPEN
PNOMPEN — Kambodja poytaxti, Tonlesap daryosining Mekong daryosiga quyilish joyidagi port. Iqlimi subekvatorial, mussonli ikdim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24,6°, iyulniki 27,5°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1470 mm. Aholisi 920 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari), aksari kxemerlar. Transport yoʻllari tuguni. T. y. orqali Kampongsaom porti va Bangkok sh. bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema va avtomobil taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, tamaki, toʻkimachilik sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
PNOMPEN