PNEVMOAVTOMATIKA

PNEVMOAVTOMATIKA

PNEVMOAVTOMATIKA (pnevmo… va avtomat) — avtomatik rostlash va boshkarish vositalari majmui; pnevmatik tizimlar va qurilmalar yordamida i. ch. jarayonlarini avtomatik boshqarish va fizik kattaliklar (bosim, sath, t-ra va b.) ni rostlab turish usullarini ishlab chikish, texnika vositalarini yaratish bilan shugʻullanadi. Unda avtomatik rostlash, uzokdan turib boshkarish, signalizatsiya va himoya tizimlari majmuini yaratishda kompleks elastik kuch pnevmoavtomatikasi, sanoat pnevmoavtomatikasi elementlarining universal tizimini ishlab chikish masalalari oʻrganiladi; rostlagichlar, pnevmatik datchiklar, oʻzgartirgichlar, summatorlar, himoya va signalizatsiya kurilmalari yaratiladi. Pnevmoavtomatika kimyo, neft, gaz va oziq-ovqat sanoatlari, yogʻochga ishlov berish korxonalarida keng qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
PNEVMOAVTOMATIKA