PLYURALIZM
PLYURALIZM (lot. pluralis — koʻplik) — 1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. «Plyuralizm» terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). Plyuralizmning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hoz. falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.);
Ensiklopediya.uz
PLYURALIZM