Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari
Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari
14-iyul kuni Pluton mitti sayyorasiga yetib borgan New Horizons koinot apparati, ushbu mitti sayyora atrofini bir bora to‘liq aylanib chiqqach, unga doir eng tiniq va keng ko‘lamli fototasvirlarni Yerga uzatdi. Fortepiano o‘lchamidagi ushbu koinot apparati, Pluton va uning 5 nafar tabiiy yo‘ldoshlarini tadqiq qilish maqsadini ko‘zlab, to‘qqiz yil mobaynida 48280320 kilometr (3 milliard mil) masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.
Plutondagi tog‘lar
Plutonning New Horizons jo‘natgan tasvirlati ichida eng dastlabkilaridan biri, yuqorida ko‘rib turganingiz bo‘lib, bu tasvir sayyora sirtidan 770000 km yuqoridan olingan. Unda balandligi taxminan 3.5-4 km keladigan muzli tog‘lar yaqqol ko‘rinib turibdi. Tog‘larning yon bag‘irlari va atrofdagi nisbatan teksiliklardan iborat hududlarga soya tashlayotganini ham ilg‘ash mumkin. Sirtda kraterlarning yo‘qligi, yuzaning nisbatan yangi va geologik jihatdan ancha yosh ekanligiga (yaqin 100 million yil ichida shakllangan bo‘lsa kerak) ishora hisoblanadi. Tasvir 14-iyul kuni tongda olingan.
Xarondagi daralar.
New Horizonsdan 13-iyul kuni kechasi olingan ushbu tasvirda Plutonning tabiiy yo‘ldoshi Xaronning yangi tiniq tasviri ifodalangan. Unda ko‘zga yaaqol tashlanadigan manzara, Xaronning shimloiy qutbidagi qoramtir dog‘ hududi bo‘lib, uni hozircha New Horizons muhandislar jamosasi norasmiy tarzda «Mordor» deb atashmoqda. Undan tashaqari, suratda o‘ng tarafsa chuqurligi taxminan 6-10 km bo‘lishi mumkin bo‘lgan dara ko‘rinmoqda. Tasvir ≈465000 km masofadan olingan.
Notekis Gidra.
New Horizons shuningdek Plutonning kichik yo‘ldoshlaridan biri — Gidraning ham xira tasvirini yubordi. Unda mazkur osmon jismning sirti va shakli o‘ta notekis ekanini ilg‘ash mumkin xolos. Eniga ≈43 bo‘yiga ≈32 km bo‘lgan va kartoshka shakliga ega ushbu obyekt, akslantirish ko‘rsatkichiga qaraganda muzdan iborat shekilli degan taxminlar ilgari surilmoqda. Ushbu tasvirdagi har bir pikselda eniga va bo‘yiga 2 km masofa qamraydi.
Tombo yuragi
Plutonning hizrcha eng tiniq olingan yaxlit tasviri esa ushbu tasvir bo‘lib turibdi. U ham taxminan 770000 km masofadan tasvirga olingan. Unda ekvatordan janubga tomon katta oq yorqin hudud ko‘zga tashlanmoqda. New Horizons muhandislar jamoasi hozircha ushbu hududni norasmiy tarzda «Tombo yuragi» deb nomlashmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Astronomiya
Plutonning yangi va eng tiniq tasvirlari
Manba:orbita.uz