PLUTONIY
PLUTONIY (lot. Plutonium) , Pu — sunʼiy yoʻl bilan olingan, aktinoidlar guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 94, at. m. 244,0642. P. ning barqaror izotoplari yoʻq; uning massa sonlari 232 dan 246 gacha boʻlgan 15 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Plutoniyning ahamiyatga ega izotopi 244Ri(T1/2=8,26-107-y.)dir. Plutoniy 194041-y. larda amerikalik olim G. Siborg rahbarligida uranni ogʻir vodorod — deytronlar bilan nurlantirib olingan. Plutoniyning nomi Pluton planetasi sharafiga qoʻyilgan. Uranni a – zarrachalar bilan bombardimon qilib, Plutoniyning yengil izotoplari olingan. Uranni ney-tronlar bilan yoritganda, uran neytronlarni ketma-ket qamrab olishi nati-jasida Plutoniyning ogʻir izotoplari hosil boʻladi. Plutoniy barcha izotoplari yarim yemirilish davrining muddati Yerning yoshidan anchagina kichik, shuning uchun barcha boshlangich Plutoniy (Yer planetasi tashkil topayotganda mavjud boʻlgan) butunlay parchalanib ketgan.
Ensiklopediya.uz
PLUTONIY