PLEKSIT

PLEKSIT

PLEKSIT (lot. plexus — chigal) — orka miyadan chiqadigan nerv chigallarining yalligʻlanishi (q. Periferii nerv sis-temosi). Infeksion kasalliklar, shikastlanish, umurtqa pogʻonasi kasalliklari va b. sabab boʻldi. Pleksit, odatda, toʻsatdan boshlanadi. Boʻyin va yelka chigali zararlanganda qoʻl va oyoq bezillab ogʻriydi; qoʻl muskullarida sezuvchanlik buziladi. Bu xildagi oʻzgarishlar koʻpincha bilak va qoʻl panjasi sohasida uchraydi. Muskullar nimjon boʻlib qoladi, ogʻriydi, harakat oʻzgaradi. Beldumgʻaza Pleksit ida shu sohadagi muskullar bezillab turadi, harakat qilish qiyinlashadi. Kasallikning kechishi koʻproq sababchisiga bogʻliq, u qanday kechishidan qatʼi nazar, albatta, vrachga muro-jaat qilish va uning koʻrsatmalarini bekamu koʻst bajarish lozim. Oʻz bilgicha issiq qilish yoki ogʻriq qoldiruvchi dorilar ichish yaramaydi; aks hodda kasallik avj olib ketishi mumkin. Bel-dumgʻaza Pleksit bilan ogʻrigan ayollar akusherginekolog koʻrigidan oʻtishlari lozim.

Ensiklopediya.uz
PLEKSIT