PLEBEYLAR

PLEBEYLAR

PLEBEYLAR (lot. plebeii — oddiy xalq) — 1) Qad. Rimdagi erkin aholi tabaqalaridan biri. Mil. av. 3-a. gacha Plebeylar jamoa yeridan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan, faqat chek yerlardan shaxsiy mulk sifatida foydalangan. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo b-n shugʻullangan. Plebeylar mil. av. 5—4-a. larda davlat lavozimlarini egallashlari va patritsiylar bilan nikoh tuzishlari mumkin boʻlmagan. Plebeylar patritsiylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va natijada Rim fuqarolari (grajdanlari) tarkibiga kiritilgan, majburiy qullik bekor qilingan. Plebeylarning bu muvaffaqiyatiga ular tarkibida xizmat qilgan armiya katta yordam koʻrsatdi;

Ensiklopediya.uz
PLEBEYLAR