PLATONIZM
PLATONIZM — keng maʼnoda — Platon (avvalo uning eydoslar haqidagi) taʼlimotiga ergashgan falsafiy okimlar; butun Yevropa falsafasiga Platonizm bevosita yoki bavosita taʼsir koʻrsatgan. Tor maʼnoda — mil. av. 4-a. dan boshlab yunon falsafasidagi yoʻnalish. 3-a. dan Platonizmning asosiy shakli neoplatonizm boʻlib qoldi. Oʻrta asrlarda Platonizm aristo-telizmga nisbatan deyarli sezilarli rol oʻynamagan. Platonizmga boʻlgan qiziqish Yevropada, xususan, Florensiyada faylasuf Marsillio Fichino tomonidan Platon akademiyasi tiklangandan (1459) keyin yana jonlanib ketdi. Ke-yin u Kembrij maktabi orqali Angliyada, nemis falsafasi (Leybnis) tu-fayli Germaniyada tarqaldi. Hoz. davrda Platon taʼlimotining koʻproq ir-ratsional jihatlari oʻrganiladi.
Ensiklopediya.uz
PLATONIZM