PLASTIK OPERATSIYA

PLASTIK OPERATSIYA

PLASTIK OPERATSIYA — kishi organizmidagi shikastlangan biror aʼzoning shakli va funksiyasini qayta tiklash, tugʻma va hayotda orttirilgan nuqson, kamchiliklarni toʻgʻrilash. Plastik operatsiyada toʻqimalarning joyi oʻzgartiriladi, bemor gavdasining boshqa qis-midan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkaziladi (autoplastika, autotrans-plantatsiya); bemorga boshqa odamdan (allotransplantatsiya) yoki hayvondan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkazila-di; bemor toʻqimalariga, organizmiga yot, biroq unga beziyon materiallar (metall, plastmassa, sintetik tola va b.)dan yasalgan turli narsalar singdiriladi (implantatsiya). P. o. yordamida bemor yuzidan tugʻma va orttirilgan nuqsonlar (lab tirtikligi, burun yoʻqdigi, tortib tu-radigan chandiqlar) bartaraf etiladi.

Ensiklopediya.uz
PLASTIK OPERATSIYA