PLANK
PLANK (Planck) Maks Karl Ernst Lyudvig (1858.23.4, Kil – 1947.4.10, Gyottingen) — nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin FA aʼzosi (1894-y. dan). Myunxen (1874—77) va Berlin (1877—78) un-tlarida oʻqigan. Myunxen un-tida oʻqituvchi (1880 — 85), Kil (1885-y. dan) va Berlin (1889-y. dan) un-tlari prof., London Qi roll i k ja-miyati aʼzosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlani-~ shiga oid. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asosladi (1879) va koʻpgi-na fizikkimyoviy jarayonlarni yechishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissotsiatsiyasiga termodinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883—88). 1900-y. da nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — taʼsir kvanti yoki Plank doimiysi). P. shu farazga asoslanib, klassik fizikaga tatbiq etib boʻlmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlanishi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish krnuni)ni ifodalovchi formulani topdi. Plank doimiysining kiritilishi kvant fizika rivojlanishining boshlangʻich davri boʻldi.
Ensiklopediya.uz
PLANK