PLAKAT

PLAKAT

PLAKAT (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquvtaʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy Plakat, odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, xammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi oʻziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanilishi muxim rol oʻynaydy. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir b-n) ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
PLAKAT