PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar

PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar

PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar

PL/SQL – bu oracle firmasi tomonidan tuzilgan, SQL so’rov tilining kengaytirilgan ko’rinishi bo’lib, protsedurali dasturlash tili hisoblanadi. SQL dasturlash tiliga kirmaydi, u faqat so’rovlarni amalga oshirib beradiku. PL/SQL esa, oracle ma’lumotlar bazasi uchun dasturlash tili hisoblanadi. Quyida PL/SQL protsedurali dasturlash tili bilan tanishib chiqamiz.

PL/SQL – SQL tilini inkapsuliyatsiya qiluvchi, qadamma-qadam dasturlovchi prsedurali til hisoblanadi.

PL/SQL – bu tilda, o’zgaruvchilarni yaratish va chaqirish ma’lum bir buzilmaydigan qonunlarga bo’ysungan holda amalga oshiriladi. Parametrlarga ega bo’lgan protsedura va funksiyalar bilan ishlay oladigan va ADA tilidan o’tgan paketlar(package) yarata oladigan tildir.

PL/SQL – o’zgaruvchilarning tiplariga katta e’tibor beradigan, mos kelmaydigan tiplarni kompilyatsiya jarayonida ko’rsatib beradigan, tiplar ustida ma’lum bir o’zgartirishlarni amalga oshiraoladigan tildir.

PL/SQL – bu til ob’yektga mo’ljallangan dasturlash tillari oilasiga tegishli emas, lekin ob’yektlarni yaratish va ular ustida amallar bajarishi mumkin. Juda ham chigal a?

PL/SQL – bu dasturlash tili operatsio tizimga bog’liq bo’lmagan til hisoblanadi, ya’ni windows operatsion tizimi uchun yoki Linux operatsion tizimi uchun alohida-alohida o’rganish kerak degan tushuncha yo’q.

PL/SQL – oracle firmasi tomonidan yaratilgan, qayta kompilyatsiya qiluvchi modullar hisobiga, yuqori pog’onali dasturlash tillari, qaysiki, C, C++ bog’lanib, ishlay oladi. Misol uchun, C dasturlash tili bilan ishlash uchun, OCI(Oracle Call Interface) nomli muhit kerak holos.

PL/SQL – bu til saqlanuvchi(хранимый) protseduralar orqali, internet global tarmog’i bilan ulanishi, hattoki http so’rovlarini ham yaratishi mumkin.

PL/SQL – bu til yordamida bir necha SQL so’rovlarini birdaniga jo’natishi va umumiy holda natija olishi mumkin bo’ladi. Ya’ni sqlga o’xshab, bitta so’rov bitta natija emas, balki so’rovdar va natija ko’rinishida ishlaydi.

PL/SQL tilini ishlatish quyidagicha: bu tilda protseduralar yozilib, serverda doimiy saqlash uchun kiritiladi(kompilyatsiya qilinadi). So’ng bu protsedura parametrlariga kerakli parametrlarni berib, chaqiriladi. Protseduraning ishlashi natijasida, bazadan kerakli natijalar chiqarib olinadi. Har safar bu prsedurani biror parametr bilan chaqirsangiz, siz uni yana kompilyatsiya qilib o’tirmaysiz, balki serverdan kompilyatsiya qilingan variantini chaqirasiz holos.

PL/SQL blok(kod)lari kompilyatsiya jarayonida, SGA(System Global Area) nomli oracle kesh xotirasida saqlanadi. Bu xotira hajmi oracle o’rnatish jarayonida o’rnatiladi. Bu xotirada jadvallar, sxemalar, o’zgaruvchilar ham saqlanadi. Shuning uchun bu hotiraning hajmi yetarli darajada katta bo’lishi kerak. Har bir PL/SQL bloklari uchun ajratilgan joy «KURSOR» deyiladi. Demak, SGA xoirada bir necha kursorlar bo’lishi mumkin. Kursorlar soni ham oracle o’rnatilish jarayonida ko’rsatilib ketiladi. Har bir PL/SQL kodlaridagi SQL kodlar kompilyatsiyadan so’ng oraclening ma’lumotlar kutubxonasida(slovarya dannыx) saqlanadi. Bu kutubxonani bo’lar bo’mas so’rovlar bilan to’latib tashlash kerak emas, buning uchun PL/SQL kodlarini optimal yozish kerak(chunki PL/SQL kodlarning asosini, SQL kodlari tashkil qiladi).

PL/SQL kodlarini oddiy «БЛОКНОТ» ga yozib, SQL*Plus da kompilyatsiya qilishingiz mumkin bo’ladi. Endi bu tilni o’rganishni boshlaganlar uchun, shu variat qulay hisoblanadi. Keyinchalik kodlarni yozib, kompilyatsiya qilish uchun PL/SQL Developer dasturi sizga foyda bo’ladi, lekin bu dastur tekin emas. Tanlash o’zingizga havola.

Manba:

Ma‘lumotlar Ombori
PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar