PISTOLET

PISTOLET

PISTOLET (frans. pistolet, nem. pistala, chex tilida — pistʻala — qamishsurnay) , toʻpponcha — 1) individual oʻt ochar qurol. Dushmanning 50—70 m gacha masofadagi jonli kuchlarini shikastlantirishga moʻljallangan; bir qoʻl bilan otish mumkin. Pistolet bilan ofitserlar, shuningdek, ayrim mutaxassislashgan serjant va askarlar qurollantiriladi. Yevropa va Osiyoda 16-a. da piltali Pistolet yuzaga kelgan. 17-a. dan boshlab turli armiyalarda chaqmoq zatvorli, 19-a. dan esa kapsyulali Pistolet lardan foydalanilgan. Pistolet larning tezotarligini taʼminlash uchun ular 2 va undan koʻproq stvolli qilib yasalgan. 19a. oʻrtalariga qadar Pistolet larning koʻpchiligi silliq stvolli boʻlib, ogʻiz tomonidan oʻqlangan. 19-a. 50-y. lariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli (vint kesimli) revol-verlar qoʻllanila boshlangan.

Ensiklopediya.uz
PISTOLET