PISKOM ZILZILASI

PISKOM ZILZILASI

PISKOM ZILZILASI — 1937-y. 18 dek. soat 13 dan 18 min. oʻtganda sodir boʻlgan. Zilzila markazi Piskom to-gʻining aholi kam yashaydigan shim. qismida 20 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball bilan qayd etilgan, magnitudasi 6,0. Zilzilaga yer qaʼridagi togʻ jinslarining Piskom uzilmasi boʻylab bir-biriga nisbatan shim.-sharqdan jan.-gʻarbga tomon siljishi sabab boʻlgan. Yer ustida bir qancha surilmalar, kat-takichik yoriklar paydo boʻlgan, aholi yashaydigan joylarda imoratlar jid-diy shikastlangan. Zilzila kuchi Pis-komda 8 ball, Burchmulla, Chimyon va Chimkentda 6 ball, Toshkent, Andijon, Tarozda 5 ball, Oʻsh, Oʻratepada 4 ball, Samarqand, Talasda 3 ball bilan sezilgan.

Ensiklopediya.uz
PISKOM ZILZILASI