PISARRO
PISARRO (Pizarro) Fransisko (1470 va 1475-y. lar orasi — 1541) — ispan konkistadori (q. Konkistadorlar). 1513— 35 y. larda Panama va Peruni bosib olishda katnashgan, Jan. Ame-rikaning Tinch okeani sohillari bir qismini (Guayakil qoʻltigʻi b-n) va And tizmasidagi Gʻarbiy Kordilyera togʻini kashf etgan, inklarning Tau-antinsuyu davlatini talon-toroj etib, yakson qilgan, Lima va Truxi-lyo sh. lariga asos solgan.
Ensiklopediya.uz
PISARRO