PISAREV Dmitriy Ivanovich

PISAREV Dmitriy Ivanovich

PISAREV Dmitriy Ivanovich [1840.2(14).10, hoz. Lipesk viloyati Znamenskoye qishlogʻi — 1868.4(16).7, hoz. Yurmala] — rus publitsisti va ada-biy tankidchisi. Peterburg un-tining tarix-filologiya f-tida tahsil olgan (1856—61). «Russkoye slovo» («Rus soʻzi») jur. da peshqadam tanqidchi si-fatida faollik koʻrsatgan. Shu davrda Pisarevning dunyoqarashida keskin oʻzgarish sodir boʻlib, u oʻtkir soʻz yordami bilan rus jamiyatining chirib borayotgan asoslarini larzaga keltirishni oʻz ol-diga maqsad qilib qoʻygan. Chor hoki-miyatini agʻdarishga daʼvat etuvchi pam-fleti uchun 1862-y. da qamoqqa olingan. Pisarev 1866-y. avf etilgach, N. A. Nekrasovning «Otechestvennыye zapiski» («Va-tan yozishmalari») jur. bilan hamkorlik qilgan.

Ensiklopediya.uz
PISAREV Dmitriy Ivanovich