PIROP
PIROP (yun. pyropos — olovsimon) — granatlar guruhiga mansub mineral. Mg3Al2[Si0J3, tarkibida 20,45% MgO boʻladi. Unga temir, marganes ham aralashgan. Pirop chiroyli toʻq qizil rangi b-n ajralib turadi. Ayrim peridotit lar, kimberlitlar, shuningdek, serpentinitlar uchun xos. Piropning qip-qizil, tiniq, shaffof kristallari qimmatbaho tosh hisoblanadi. Yaltiroqligi shishasimon, qattikligi 6,5—7,5, zichligi 3580—3710 kg/m3. Mashhur Pirop koni Chexiyada boʻlib, metamorfizlashgan magnezial slaneslarda, sochma konlarda keng tarqalgan.
Ensiklopediya.uz
PIROP