PIROGOV Nikolay Ivanovich

PIROGOV Nikolay Ivanovich

PIROGOV Nikolay Ivanovich [1810.13. (25), 11. Moskva — 1881.23.11(5,12), hoz. Vinnitsa yaqinida)] — rus xirurgi va anatomi, pedagogi, jamoat arbobi; harbiy-dala xi-rurgiyasi va xirurgiyadagi anatomik-eksperimental yoʻnalish asoschisi. Peterburg FA mux-bir aʼzosi (1847). Sevastopol mudo-faasi (1854 — 55)ning, frans-prus (1870—71) va rus-turk (1877—78) urushlarining qat-nashchisi. Ilk bor jang maydonida narkoz uchun efir ishlatib operatsiya qilgan (1847), qoʻzgʻalmas gips bogʻlov qoʻllagan, bir qator muhim operatsiyalar va xirurgik usullarni taklif etgan. Rossiyada plastik operatsiya, jahonda esa suyak plastikasi gʻoyasini birinchi boʻlib ilgari surgan; maorif soha-sida un-tlar avtonomiyasi, yalpi boshlangʻich taʼlim tarafdori boʻlgan. Vaboning patologik anatomiyasi boʻyicha qimmatli tadqiqotlar oʻtkazgan (1849). «Topografik anatomiya» atlasi (1—4 jildlar, 1859—54) jahon miqyo-sida shuhrat qozongan.

Ensiklopediya.uz
PIROGOV Nikolay Ivanovich