PIKASSO
PIKASSO (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki taʼlimni otasi X. Ruisdan olgan; nafis sanʼat maktabida (1894—95), Barselona (1895-y. dan) va Madrid (1897—98) da oʻqigan. 1904-y. dan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900-y. larga toʻgʻri keladi («Keksa gado oʻgʻil bola b-n», 1903; «Shar ustidagi qiz», 1905 va b.). P. ning serqirra ijodi 20-a. sanʼa-tidagi qaramaqarshiliklarni oʻzida aks ettirgan, tasviriy sanʼatning koʻp sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va b.) rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, zamonaviy sanʼatdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907-y. larda buyumlarni handasiy shakllarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli boʻlaklardan tasviriy sanʼat asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, «Yel-pigichli xonim», 1909 va b.) nafis bezagi va joʻshqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-y. lar oʻrtalaridan neoklassika anʼanalari, 1925-y. dan syurrealizm, 1929-y. dan abstrakt sanʼat taʼsirida boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
PIKASSO