PICHOQ OʻYIN
PICHOQ OʻYIN (kordbozlik) – kad. uzbek sirki tomoshalaridan biri. Oʻzbekistonning jan. xududlarida keng tarqalgan boʻlib, 18—19-a. larda bayram, sayil, toʻy va b. katta maʼrakalarda namoyish etib kelingan. Pichoq oʻyin 1—2 kishi, ayrim hollarda 4 kishi tomonidan bajarilgan. Ijrochilar nogʻora, surnay navolari ostida 2 tadan 10 tagacha boʻlgan pichoq bilan turli jangovar harakatlar koʻrsatib, tomoshabinlarni hayratda qoddirganlar. Agar kordbozning bir oʻzi chiqadigan boʻlsa, u iloji boricha koʻproq pichoqoʻynatishga harakat qilgan. Pichoqlarni qoʻllarining tez va chaqqon hara-katlari bilan qoʻltigʻidan, boʻynidan, bu-tidan oʻtkazib olishi orqaligina emas, akrobatik tryuklar yordamida ham oʻyin namoyish qilgan.
Ensiklopediya.uz
PICHOQ OʻYIN