PHPExcel kutubxonasida Excel fayllar yaratish (1-qism. Tushuncha)
Assalomu aleykum! 1-2 oy oldin PHP yordamida MySQL ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanib MS Excel fayliga eksport qilishim zarur bo’lib qoldi. Shunda albatta ko’pchilik kabi Google`ga murojaat qildim va GitHub`da PHPOffice deb nomlangan repozitoriyani topdim. Shu repozitoriya ichida PHPSpreadsheet kutubxonasi bo’lib, bu kutubxonadan foydalanib PHP yordamida har qanday turdagi MS Excel hujjatlarini yaratish mumkin (har qanday turdagi deganda hisobot, o’quvchilar ro’yxati va h.k) va albatta mavjud MS Excel faylidan ma’lumotlarni o’qish va taxrirlash ham cho’t emas. Demak, ishni boshlaymiz!
1. Kutubxonani o’rnatish
kengaytmalari mavjud bo’lishi lozim (bu kengaytmalar o’ylashimcha barcha pullik serverlarda va OpenServerda ham mavjud). Kutubxonani https://github.com/PHPOffice/PHPExcel manzili orqali yuklab olamiz va serverga (yoki lokal: Denwer, OpenServer, XAMP…) joylab arxivdan chiqaramiz.
PHPExcel yordamida hozircha Excel 2007 va undan oldingi versiyadagi excel fayllarni generatsiya qilish mumkin, shuningdek HTML, PDF kabi formatlarda ham generatsiya qilish mumkin.
2. PHP yordamida Excel fayl yaratish
setActiveSheet(0); //A ustundagi 1-satrga "Salom dunyo" so'zi kiritiladi // B ustun 1-satrga "Hello world!" so'zi kiritiladi $temp->setCellValue("A1","Salom dunyo!") ->setCellValue("B1", "Hello world!"); //fayl generatsiya qilish klassiga murojaat // $temp - yozilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar, parametrlar va h.k // "Excel2007" - generatsiya qilinadigan faylning excel versiyasi (2003 va 97 larni ham ishlatsa bo'ladi) $file = PHPExcel_IOFactory::createWriter($temp, "Excel2007"); //faylni saqlaymiz $file->save("Salom_dunyo.xls"); ?>
Demak brouzer orqali yaratgan PHP faylni ochganimizda PHP fayl qayerda joylashgan bo’lsa shu katalogga fayl generatsiya qilinadi.
Bu blogdagi ilk postim. Keyingi postda excel fayldagi ma’lumotlarni yozishni ham, o’qishni ham to’liq yozaman. Hammaga raxmat!
Web Dasturlash
PHPExcel kutubxonasida Excel fayllar yaratish (1-qism. Tushuncha)