PHP ga kirish 2-qism(davomi)
PHP dasturlash tili C va Perl ildizlariga taqalib, ko’proq Java ga o’xshab ketadi. U ancha moslashuvchan biroq ba’zi qonuniyatlarga ham ega. PHPda kodlar nuqtali vergul (;) bilan tugaydi:
$x += 10;
Siz PHP da endigina kod yoza boshlagan bo’lsangiz duch keladigan muammolarning ko’pchiligi nuqtali vergulni qo’ymaslik natijasida yuzaga keladi. Bu bir necha holatlarni bitta deb qabul qilinishga sabab bo’ladi. Bu esa «Parse error» hosil bo’lishiga undaydi.
$ belgisi juda ko’p dasturlash tillarida turli vazifalarda qo’llaniladi. BASIC tilida kod yozgan bo’lsangiz, bu belgi variablelar nomlarini string sifatida yakunlash imkonini beradi. PHP da $ belgisi barcha variablelardan oldin ishlatiladi. Bu PHP Parser ni tezroq ishlashga majbur etib, «variable»ga duch kelganini bildiradi. Variable lar raqam, string yoki to’plam(array) bo’lishidan qat’i nazar quyidagicha bo’ladi:
Joylashuv borasida juda qat’iy talablarga ega Python kabi tillardan farqli ravishda PHP bunga katta e’tibor qaratmaydi.
Variablelarni tushunish uchun bir metafora mavjud. Ularni xuddi kichik yoki katta gugurt quti deb tasavvur qiling. Ular albatta siz tomoningizdan bo’yalib ustiga ismlari yozilgan. Ustiga foydalanuvchi deb bitilgan qutini tasavvur qiling. Endi siz bir qog’ozga «Farhod Soliyev» deb yozib uni quti ichiga joylang. «Farhod Soliyev» string qiymatini foydalanuvchi variablesiga joylashtirish quyidagicha:
$foydalanuvchi = "Farhod Soliyev";
Qo’shtirnoq belgisi «Farhod Soliyev» string ekanligini bildiradi. Siz har bir stringni yo qo’shtirnoqlar (» «) yo tutuq belgilari(‘ ‘) bilan qoplashingiz kerak. Ular o’rtasida deyarli sezilmas farq bor. Qutining ichida nima borligini bilish uchun uni ochib ko’rish kerak. PHP da bu shunday qilinadi:
echo $foydalanuvchi;
Yuqoridagi qutini boshqa bir qutiga ham joylash mumkin:
$joriy_foydalanuvchi = $foydalanuvchi;
Quyidagi dasturni sinab ko’ring. U sizning birinchi dasturingiz bo’ladi:
Brauzerga quyidagini kiriting:
http://localhost/test.php
Veb-serverga o’rnatish jarayonida 80 dan boshqa portga o’rnatish talab qilinishi mumkin, masalan, 8080 ga. Shu sababli u URL da aks etishi kerak:
http://localhost:8080/test.php
Variablelar faqat stringlar emas, balki raqamlardan ham iborat bo’lishi mumkin. Gugurt quti analogiga qaytib, 17 raqamini $hisob variablesiga joylaymiz:
$hisob = 17;
Biz butun bo’lmagan sonlarni ham joylashimiz mumkin:
$hisob = 17.5;
Qutidagi narsalarni sanash uchun uni boshqa bir qutiga joylash yoki brauzerga echo qilish mumkin.
Boshqalar
PHP ga kirish 2-qism(davomi)