PHP-developer. Kompyuterda serverni sozlash #2
Salom dasturchilar yoki bo’lajak dasturchilar! Mana bugun PHPda ishlashni boshlaymiz. Buning uchun avval kompyuterga server o’rnatishimiz kerak bo’ladi. Bu server local bo’ladi va faqat o’zingizni kompyuteringizda ishlaydi.
Local serverni o’rnatish uchun bizga server texnologiyalari yani Apache, PHP, MySQL kerak bo’ladi. Ularni alohida olib o’rnatib chiqish mumkin, lekin bu bizga o’rtiqcha qiyinchilik va vaqtni oladi. Bularning tayyor yechimi mavjud. Tayyor yechimlar orasida yurtimizda eng ommabopi DENWER hisoblanadi. Lekin DENWER bizning talablarga uncha mos kelmaydi shuning uchun Open Serverdan foydalanamiz. Open Serverda web texnologiyalarning eng so’nggi versiyalari o’rnatilgan bo’ladi va unda tashqari qo’shimcha imkoniyatlar, kengaytirilgan sozlamalar, qo’shimcha modullar ham mavjud. Masalan Denwerda composer yo’q, Open Serverda esa bor va ishlatish uchun qulay. Composer haqida keyinroq ma’lumot beraman, agar qiziqayotga bo’lsangiz mana manzil orqali o’qishingiz mumkin: https://ru.wikipedia.org/wiki/Composer
Demak nimalar kerak ekanligni yozdim, endi esa ishga o’tamiz. Avval Open Serverni ko’chirib olamiz.
Rasmiy saytidan: Yuklab olish
TAS-IX tizimida: Yuklab olish
Yuklab olganimizdan so’ng uni o’rnatamiz, o’rnatish esa huddi boshqa Windows dasturlar kabi oddiy. Bu sizga qiyinchilik tug’dirmaydi.
O’rnatib bo’lganingzidan keyin C diskining ichida OpenServer papkasi paydo boladi. uning ichida:
- domains
- modules
- progs
- userdata
papkalari mavud. domains papkasida bizning saytlarimiz joylashadi, modulesda esa local serverimizning modullari yani Apache, PHP, MySQL, MongoDB, MariaDB, cron, sendmail va boshqa saytda ishlatish mumkin bo’lgan modullar bo’r.
Endi C:/OpenServer papkasida Open Server x64 va Open Server x86 dasturlari bor. O’zingizda qanaqa sistema bo’lsa o’sha sistemaga mos dasturga kirasiz. Agar x64 lik operatsion tizim bolsa Open Server x64. Agar x32 lik operation tizim bo’lsa Open Server x86 dasturiga kirasiz. Keyin masalalar paneli (панель задач)da tillar to’radigan joyda qizil ikonka paydo bo’ladi.
Bu server o’chiq degani. Shu yerga kirib Запуститьga kiramiz. Shunda local serverimiz ishga tushadi va qizil bo’lib turgan bayroqcha yashil boladi.
Shunda bizga serverimiz ishga tushgani haqida ma’lumot beradi.
Endi esa sayt qo’shish uchun C:/OpenServer/domains/ papkasida saytimizning papkasini ochamiz. masalan php5.uz deb papka ochsak, serverimizda php5.uz sayti paydo boladi. Saytimizning papkasini yaratib bo’lgandan keyin Open Serverga kirib Перезапуститьga kiramiz (Har safar yangi sayt qo’shganingizda shunday qilasiz).
Server qayta ishga tushgandan so’ng browserdan be’malol saytga yani php5.uz kirsak bo’ladi. Lekin avval bitta ish qilamiz. Open Serverga kiring, unda keyin Офис va uning ichida Редактор Кодаga kirib quyidagicha kod yozamiz.
va CTRL+S tugmalarini bosib saqlab olishimiz kerak bo’ladi. Bu faylni php5.uz papkasiga index.php nomi bilan saqlaymiz.
Saqlab bo’lganimizdan keyin esa brauzerdan php5.uz manzilini yozib kiramiz:
saytda esa «SalomDunyo» so’zi paydo bo’lsa demak sayt ishlamoqda. Agar xatolik yuzaga kelsa qayta takorlab ko’ring.
Shu bilan serverni so’zlash tugadi. Keyingi darsda esa o’zimiz uchun ish quroli yani matn muhharirini sozlab birinchi dasturimizni yasaymiz.
Manba:
Web Dasturlash
PHP-developer. Kompyuterda serverni sozlash #2