PHP da «array»lar hosil qilish

PHP da «array»lar hosil qilish

PHP da "array"lar hosil qilish

Array(to’plam)lar PHP veb dasturlash tilini mashhur qilgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uni tushunish uchun bir-biriga yelimlangan qutilar jamlanmasini tasavvur qilishning o’zi yetarli. Har bir quti o’z qiymatiga ega. Uning ichiga joylanadigan narsalar raqamlar ko’rinishida yoki matnli(string) bo’lishi mumkin.

Yana bir jonli misol sifatida marjonlarni o’zida jamlab ularni bir qatorda tizib turgan ipga ham o’xshatish mumkin. To’plam yaratishning bir necha usuli mavjud. Keling olti xil rangli qalamlar qutisini to’plam sifatida yaratib ko’ramiz. Dastur kodi quyidagicha:


Eslatib o’tamiz, print_r funksiyasi siz yozgan kod qanday ko’rinishda ekranda namoyish bo’lishini tekshirish uchun ishlatiladi. Haqiqiy veb-saytlar kodi bilan ishlayotganda undan foydalanishning hech qanday ahamiyati yo’q. Yuqoridagi kod quyidagicha ekranda namoyon bo’ladi:

Array

(

[0] => qizil

[1] => yashil

[2] => ko’k

[3] => sariq

[4] => sabzirang

[5] => qora

)

Yuqoridagi kodni sal boshqacha uslubda ham yozish mumkin. Bunda har bir value tartib raqamlari bilan kiritiladi va bu to’plamdan ba’zi elementlarni olib tashlash va yangisini qo’shishda noqulayliklar tug’diradi.


To’plamlarning yana bir turi bu — bog’lanuvchi arraylar bo’lib, ular tartib raqamlari bilan emas so’zlar bilan saqlanadi. Uning valuesi esa ana shu so’zni mazmunan kengaytirib tushunarliroq bo’lishini ta’minlaydi:


Yuqoridagi kodda to’rtburchak shaklidagi qavslar ichidagi sariq kabi kichik harflardagi so’zlar indexlar yoki keylar deyilsa, Sariq rangli qalam kabilar esa value deyiladi.

PHP ning kuchli tarkibiy qismi XML va HTML dan kerakli ma’lumotlarni chiqarib olish uchun ishlatiladi. Masalan, qidiruv tizimida ishlatiluvchi HTML ning sahifa strukturasiga ta’sir etuvchi elementlarni bog’lovchi arraylarga joylash mumkin:

$html[ 'title'] = "Mening veb sahifam";
$html[ 'body' ] = ". . . sahifaning bosh qismi . . .";

Siz saytdagi havolalar va sarlavhalarni alohida-alohida to’plamlarga joylashingiz mumkin. Bog’lovchi to’plamlar kodni yozishda qulaylik yaratib, muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.

Arrayga value kiritishning eng oson yo’li kalit so’zlardan foydalanishdir. Quyida ikkala usuldan ham foydalanilgan:

 "Qizil rangli qalam" ,

'yashil' => "Yashil rangli qalam" ,

'havorang' => "Havorang rangli qalam" ,

'sariq' => "Sariq rangli qalam" ,

'sabzirang' => "Sabzirang rangli qalam";

'qora' => "Qora rangli qalam");

echo "q2 element: " . $q2[ 'qora' ] . "
";

?>

Bu kod ekranga quyidagi natijalarni beradi:

q1 element: yashil

q2 element: Qora rangli qalam

Boshqalar
PHP da «array»lar hosil qilish