PESSIMIZM
PESSIMIZM (lot. pessimum — eng yomon) — dunyoga, hayotga gʻamginlik, umidsizlik bilan qarash, kelajak yaxshi boʻlishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. Pessimizm optimizmttt qaramaqarshisi boʻlib, olamda avvalam bor uning salbiy tomonlarini koʻradi, olam umid qilib boʻlmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi — boshdan oxirigacha maʼnisizlikdan iborat deb hisoblaydi. Pessimizmning di-niy ifodasi buddizmda, Qadimgi axdsa va xristianlikda aks etgan. Melanxoliya — P. ning patologik shakli. Falsafiy Pessimizm Shopengauer va Gartman asarlarida koʻzga tashlanadi. Pessimizmga moyil odam pessimist deyiladi.
Ensiklopediya.uz
PESSIMIZM