PERM VILOYATI
PERM VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1939-y. 3 okt. da tashkil etilgan. Sharqiy Yevropa tekisligining shim.-sharqi va Oʻrta hamda Shim. Uralning gʻarbiy yon bagʻirlarida joylashgan. Perm viloyati tarkibiga Komi-Permyaklar muxtor okrugi kiradi. Mayd. 160,6 ming km2. Aholisi 2824,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (83,9%), shuningdek, tatar (4,9%), komi-permyak (4,0%), boshqird (1,7%), ukrain (1,5%), udmurt (1,1%) va b. millat vakillari ham yaщaydi. Shahar aholisi —76,3%. P. v. da 30 maʼmuriy tuman, 24 shahar, 52 shaharcha bor (KomiPermyaklar muxtor okrugidan tashqari). Markazi — Perm sh. Boshqa yirik shaharlari — Berezniki, Solikamsk.
Ensiklopediya.uz
PERM VILOYATI