Perl dasturlash tili yoxud Raku

Perl dasturlash tili yoxud Raku

Perl dasturlash tili yoxud Raku

Perl — yuqori darajali interpretatsiyalanadigan dinamik dasturlash tili bo’lib, u 1987-yilda ta’lim bo’yicha lingvist Larri Uoll tomonidan yaratilgan. Bu dasturlash tili matnlar bilan ishlash bo’yicha juda boy imkoniyatlarga ega. Bu esa o’z navbatida parsing, ya’ni, biron manbadagi ma’lumotlarni ko’chirib olish uchun juda qulay hisoblanadi.

Ushbu maqolada Perl dasturlash tili, uni imkoniyatlari, Perl dasturlash tilining o’ziga xos tomonlarini ko’rsatiladi. Qolaversa birinchi dasturimizni yozamiz.

Demak, boshladik.

Perl dasturlash tili mashhur 3 ta operatsion tizim, Mac OS, Linux va Windows tizimlarida ishlay oladi. Bundan tashqari u Linux va UNIX tizimlarining barchasida oldindan o’rnatilgan bo’ladi, Dunyodagi ko’plab administratorlar Perl dasturlash tilini kundalik ehtiyojlari uchun ishlatishadi. CPAN repozitoriyasida Perl dasturlash tili uchun ko’plab imkoniyatlar beradigan modullarga ega.

O’ziga xos jihatlari:

  • Perl dasturlash tili interpretatsiya qilinadigan dasturlash tili hisoblanadi;
  • Perl dasturlash tili asosan matnlar bilan ishlashga mo’ljallangan;
  • Ba’zida dasturchilar Perl dasturlash tilida yozilgan dasturlarni skriptlar deb atashadi;
  • Perl dasturlash tili fayllar va ma’lumotlar bazasi bilan ishlay oladi;
  • Binar ma’lumotlarni o’zgartiruvchi funksiyalari mavjud;
  • Perlda yozilgan kodlar CGI formalar ko’rinishida yaratiladi.

Perl (Practical Extraction and Report Language) — bepul bo’lib, uni yordamida Internet va Web uchun dasturlash yozish mumkin. Unda yozilgan kodni boshqa server, qurilmalarga hech qanday qiyinchiliksiz ko’chirib o’tish mumkin.

Perl dasturlash tilini qo’llaniladigan asosiy sohalar:

perl dasturlash tili yoxud raku 65e4b76119273

Perl dasturlash tili sintaksisini C, AWK, sed va Bourne shell’lar bilan juda ko’p o’xshashliklari mavjud.

Perlda yozilgan dasturlar UNIX operatsion tizimida > — kabi qatordan boshlanishi kerak. Bu esa o’z navbatida ularni veb serverlarda bajarilishiga yordam beradi.

Perl dasturlash tilida birinchi dastur

#!/usr/bin/perl
print "Hello, world!n";

CGI uchun bu dastur quyidagicha bo’ladi:

#!/usr/bin/perl
print "Content-type: text/htmlnn";
print "Hello, world!";

Yuqorida kodni ishga tushirganimizda ekranga Biz bilgan «Hello, world!» yozuvi chiqadi.

Raku

2000-yil Perl dasturlash tilining 6-talqinini yaratish ishlari boshlangan. Yangi talqin yaratuvchilari Perlning oldingi talqinlaridan farqli ravishda aniq standard ishlab chiqishga qaror qilishgan.

Perl dasturlash tili asoschisi Larri Uoll(«saxiy umrbod diktator») 2019-yil oktabr oyida Perl 6 dasturlash tilini Raku ga qayta nomlashgan rozi bo’ldi. Bu bilan u ko’plab munozaralarga nuqta qo’ydi. Raku nomi Rakudo so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u Perl 6 kompilyatori nomi edi. U dasturchilarga ancha tanish bo’lib, qidiruv tizimlarida ishlash paytida boshqa loyihalar bilan aralashib ketmaydi.

Perl dasturlash tili asoschi Larri Uoll:

perl dasturlash tili yoxud raku 65e4b761e2655

Dasturlash tili nomini o’zgartirish bo’yicha baxslar 2019-yil avgust oylarida boshlangan edi. Qayta nomlanishga sabab sifatida Perl 6 dasturlash tili Perl 5 ning davomi bo’lmagani aytiladi. Perl 6 mustaqil alohida dasturlash tiliga Raku — ga aylangan. Va Perl 5 dasturlash tili yozilgan dasturlarni Perl 6 ga o’tkazish bo’yicha hech qanday maxsus dasturiy uskunalar yoratilmaganligi sababli, Perl 5 da yozilgan dasturlar Perl 6 ISHLAMAYDI.

Umumiy Dasturlash
Perl dasturlash tili yoxud Raku