PENTANLAR

PENTANLAR

PENTANLAR, S5N|2 — toʻyingan ug-levodorodlar. Mol. m. 72,146. Uchta izo-meri bor: normal pentan SN3(SN2)3 SN3 («—P.), izopentan (SN3)2SNSN2 SN3 (2-metilbutan) va neopentan (SN3)4S (2,2-dimetilpropan, tetrametilmetan). n-P. va izopentan — oʻziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan suyukliklar, neopentan — gaz. n-P. ning suyuqlanish t-rasi — 129,72°; qaynash t-rasi 36,07°; zichligi 626 kg/m3. Izopentanning suyuqlanish t-rasi — 159,89°; qaynash t-rasm 27,85°; zichligi 620 kg/m3. Neopentanning suyuklanish t-rasi —16,55°; kaynash t-rasi 9,5°; zichligi 591 kg/m3. P. gaz kondensatlari, neft, neftni qayta ishlash mah-sulotlari tarkibida boʻladi va bu mah-sulotlardan rektifikatsiya usuli bilan ajratib olinadi. Tabiiy gazdan oli-nadigan benzin tarkibidan 40% gacha texnik Pentanlar («-P. va izopentanning 1:1 nisbatdagi aralashmasi hamda qoʻshimcha sifatida 2% gacha neopentan) boʻladi. n-P. izopeptan, pentenlar, amil spirtlar va ularning efirlari, amilfenol va b. olishda, shuningdek, eri-tuvchi sifatida ishlatiladi. Izopentan — yuqori oktanli benzinlar kom-ponenti. Texnik izopentan (zichligi 620 kg/m3, motor usuli boʻyicha oktan soni 90) benzinlarning oktan sonini oshirish va tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻllashni kamaytirish maqsadida 15% gacha qoʻshiladi.

Ensiklopediya.uz
PENTANLAR