Pensiyaning me’yori va ta’minoti qanday boʻladi

Pensiyaning me’yori va ta’minoti qanday boʻladi

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining (rasmiy pfru.uz sayti) «Pensiya» dastur majmuasi pensiya va nafaqa oladigan 2,5 million pensioner va 237 ming fuqaroga tegishli yagona ma’lumotlar bazasidir.

 

Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi oʻylantirmokda. Umuman olganda, ijtimoiy ta’minotning mazkur turi ishlayotgan har bir kishini befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba’zan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi.

 

Sir emaski, ayrim yurtdoshlarimiz chet elda ishlagan. Ularni   ish staji va pensiya me’yori qanday  boʻladi? Agarda mamlakatimiz fuqarosi Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda yollangan holda ishlasa va Pensiya jamgʻarmasiga oʻrnatilgan tartibda sugʻurta badallarini toʻlasa (har oyda eng kam ish haqi miqdorida), uning ish staji va toʻlagan sugʻurta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi. 

 

Aliya YuNUSOVA,

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputati,

 OʻzXDP fraksiyasi a’zosi

 

Savollarga javoblar
Pensiyaning me’yori va ta’minoti qanday boʻladi

manba:norma.uz