Pensiya qanday hollarda to’xtatilinadi?
Pensiya qanday hollarda to’xtatilinadi? Tayinlangan pensiyani to’lash quyidagi xollarda to’xtatib turiladi: – pensiya to’lash muddati tamom bo’lganda; – ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pensiya olinmaganda (vaqtincha uyda yo’qligi yoki boshqa sabab tufayli); – pensioner ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o’tayotgan shaxslar bundan mustasno); – pensioner ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashaganda; – pensiyani to’lashni to’xtatib turish to’g’risida pensioner tomonidan ariza berilganda; – surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o’tashdan bo’yin tovlayotgan shaxslarni qidirishga eʼlon berilganda, bedarak yo’qolganda; – ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqini tasdiqlash uchun belgilangan muddatda kelmaganda. Manba: Pensiya jamg’armasiPensiya qanday hollarda to’xtatilinadi?
DO`STLARGA ULASHING:
Pensiya qanday hollarda to’xtatilinadi?