Pensiya kartasining qulay jihatlari

Pensiya kartasining qulay jihatlari

pensiya kartasining qulay jihatlari 660ba98bcebe3Yagona umumrespublika protsessing markazi va «Xalq banki» pensiya kartalaridan foydalanishga doir yangi imkoniyatlarni joriy etdi, deya хabar beradi YaUPM.

 

«Xalq banki» kartasi pensioner istagiga koʻra ochiladi. Uning sohibi boshqa turdagi kartalar bilan solishtirganda bir qator afzalliklarga ega boʻladi:

 

birinchidan, kartochka bepul ochiladi;

ikkinchidan, pensiya belgilangan muddatda avtomatik ravishda tushiriladi;

uchinchidan, «Xalq banki»ga qarashli bankomatlar va kassalar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirishda vositachilik haqi undirilmaydi;

toʻrtinchidan, pensiya kartasida 3 EKIH miqdorida overdraft amal qiladi (overdraft  – qarz oluvchi mijoz hisobraqamida yetarlicha mablagʻ boʻlmagan holatda bank tomonidan kredit ajratilishi). Pensiya kelib tushishidan oldin har oy undan foydalanish mumkin. Overdraft kreditning amal qilish muddati 12 oyni hamda oylik foiz stavkasi 1,33%ni tashkil etadi. Pensiya kartasining sohibi soʻralgan pul miqdorini karta hisobiga qabul qilishi hamda undan oʻz iхtiyoriga koʻra foydalanishi mumkin.

 

Pensiya kartalari haqida batafsil ma’lumotlarni «Xalq banki»dan olish mumkin.

 

Savollarga javoblar
Pensiya kartasining qulay jihatlari

manba:norma.uz