PENSIYA JAMGʻARMASI

PENSIYA JAMGʻARMASI

PENSIYA JAMGʻARMASI — aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshi-radigan jamgʻarma. Dastlab Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 1991-y. 14 yanv. da sobiq SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlinmasi maqomida tu-zilgan. 1993-y. 4 avg. da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarma-siga aylantirilgan. OʻzR Vazirlar Mah-kamasining 1996-y. 27 dek. da «Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisi-da»gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida tashkil etildi. 2001-y. 1 yanv. dan Byudjetdan tashqari P. j. ga aylantirildi.

Ensiklopediya.uz
PENSIYA JAMGʻARMASI