PELTYE EFFEKTI
PELTYE EFFEKTI, elektro-termik effekt — bir-biriga kavsharlangan turli jinsli ikkita oʻtkazgich yoki yarimoʻtkazgichdan tashkil topgan zanjir orqali oʻzgarmas elektr toki oʻtganda ularning bir-biriga tegib turgan joyida tokning yoʻnalishiga qarab issiqlik ajralish yoki yutilish hodisasi. Tokning yoʻnalishi oʻzgarsa, issiqlik ajralishi issiqlik yutilishi bilan almashinadi. Tokning yoʻnalishidan qati nazar kavsharlangan uchlaridan biri sovisa, ikkinchisi isiydi. Bu hodisani fransuz fizigi va meteorologi J. Sh. A. Peltye (1785 — 1845) kuzatgan (1834). Peltye effekti Zeyebek ef-fektining aksidir.
Ensiklopediya.uz
PELTYE EFFEKTI