PEKAN

PEKAN

PEKAN (Carya olivaformis Nutt. S.pecan) , zaytunyongʻoq — yongʻoq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shim. Amerika. Yovvoyi holda Shim. Amerikada usadi. Yevropaga 18-a. da keltirilgan. Qora dengiz boʻylarida, Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda (1926-y. dan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining Boʻstonliq filialida, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida oʻstiriladi. Boʻyi 50 m gacha, diametri 2—2,5 m gacha boradi, 300 — 400-y. yashaydi. Tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli. Sovuqqa yongʻoqqa nisbatan chidamliroq. 29—30° sovuqqa chidaydi. Barglari yirik, toq patsimon. May oyida yoki iyul boshlarida gullaydi. Changchi gullari kuchalalarida, oʻtgan yilgi nov-dalarda, urugʻchi gullari esa yosh novdalar uchida hosil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
PEKAN