Pdf faylni kitob shaklida chop etish

Pdf faylni kitob shaklida chop etish

4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash(mashq qilish, mustaqil ishlash).

Pdf faylni kitob shaklida chop etish

· 1.Ta’li m shakllarining tarixan paydo bo’lishi.

· 2.Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo’yilgan talablar.

· 3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari.

· 4.Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg’ulotlar.

· 5.Ta’limning samaradorligini ta’minlovchi noan’anaviy shakllar.

Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.

Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh – guruh qilib, to’plab o’qitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullangan mutaxassislar – o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.

Shu davrda dars va sinf – dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi.

Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi “Avesto” va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.

Forobiyning “Fan va aql zakovat” asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan.

Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf – dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.

A.Ya.Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.

«Ta’limni tashkiliy shakllari» mavzusiga klaster tuzamiz. (Uning qoidalari oldingi mavzularda tushuntirilgan)

Biz hammamiz sinf-dars tizimida o’qiganmiz. Xo’sh, bu tizimning mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?

Ta’limning maqsadi – mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan “barkamol avlod”ni tarbiyalash.

Ta’limning vazifasi – yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.

Darsning maqsadi – o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.

Darsning mazmuni – uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.

Sinf – deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.

Dars – aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars – o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.

Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:

– Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.

– Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.

– Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.

– Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.

Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham to’garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.

Dars oldiga qanday talablar qo’yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?

Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.

Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:

1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.

2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.

3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.

4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.

5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.

6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.

7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.

8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.

9.Darsda prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.

Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.

Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:

– Darsda o ’ rganiladigan o ’ quv materiallari bo ’ yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish ;

– Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ;

– Bolalarda o ’ qishga oid ijobiy motivlarni uyg ’ otish , bilish , o ’ qish – o ’ rganishga havas , ishtiyoq , qiziqishni shakllantirish ;

– Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish .

Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:

1. Dars uchun puxta o ’ ylangan konspekt yoki reja tuzish ;

2. Darsning logikasiga ( dars etaplarining o ’ zaro bog ’ liqligi , darsda amalga oshiriladigan ishlar ; o ’ quv topshiriqlarining o ’ zaro aloqadorligiga ) rioya qilish ;

3. Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;

4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;

5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.

Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?

Dars turlari – darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi?

Ular quyidagilarga ajratiladi.

1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.

2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.

3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.

Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi.

Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga o’rganishimizga yordam beradi.

Ta’lim tizimida tajribadan o’tgan dars turlari quyidagilardan iborat.

1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

2. O’quv materiallarini mustahkamlash.

3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.

4. O’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.

5. Dars turlari uyg’unlashgan (aralash)darslar.

Yangi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’tish kerak ekan deb mashq qildirish yoki o’tgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari noto’g’ri. O’quvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin – asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz.

O’tilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi o’qitilgan bilimlarnigina emas o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni o’tkazishdan iborat bo’lmog’i lozim.

O’quvchining bilimi, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda o’quv-chilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik o’zlashtirilganligiga qarab baho qo’yiladi.

Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qo’shimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’-shimcha darslarning maqsadga to’laroq javob bera oladigani tashkil qiladi qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.

Ta’lim jarayonida eng ko’p qo’llaniladigan yangi bilimlarni bayon qilish darsi va aralash darsning tuzilishida qanday farqlar bor? Buni ko’rib chiqamiz:

Aralash dars namunasi

1. O’tilganlarni takrorlash:

a)oldin o’tilgan mavzu yuzasidan berilgan faktlarni tahlil etish; b) savol-javob; v) qoida-ta’riflarni esga tushirish.

2. Yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorgarlik:

a) darsning mavzusi va maqsadini bolalarga yetkazish; b) mavzuga oid faktlarni tahlil etish; v) bilishga rag’batlantiruvchi savollarni o’rtaga tashlash.

3. Yangi o’quv materialini bayon qilish ( tasvir, suhbat, mustaqil ishlash kabi metodlardan foydalanib yangi o’quv materialini tushuntirish).

4. Yangi o’quv materialini mustahkamlash(mashq qilish, mustaqil ishlash).

5. Uy vazifasini belgilash.

6. Bolalar bilimini baholash.

7. Darsni yakunlash.

Yangi bilimlarni bayon qilish darsi namunasi

1. Bolalarni yangi o’quv materialini o’rganishga tayyorlash:

a) darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtirish; yangi mavzuga oid faktlarni tahlil etish.

2. Yangi o’quv materialini bayon qilish (tasvir, tushuntirish, suhbat metodlaridan foydalanib, kuzatilgan faktlarga asoslanib yangi mavzuni tushuntirish).

3.Yangi mavzuni mustahkamlash:

a) darslikning ma’lum betlarini o’qish; b) mashq, misol, masalalarni bajarish.

4.Oldin o’rganilgan mavzularni bugungi o’quv materialiga oid bilimlarni paralell takrorlash.

5. Uy vazifasini topshirish.

6. Bolalar bilimini baholash.

7. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar chiqarish [1] .

Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi. O’qituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni o’tib bo’lganidan so’ng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mashg’ulotni to’g’ri tashkil qilishga bog’liqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini o’rganish darkor. Shundan so’ng mahoratli pedagog fursatni qo’ldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalg’itmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf o’kuvchilarini tezlik bilan mashg’ulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim.

Dars o’qituvchi va o’quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o’quvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o’z yo’lini topa oladilar.

Har bir dars turidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz:

Yangi bilim berish darsi

O’quv materia-lini mustah-kamlash darsi

Takror-lash va umumlash-tirish darsi

O quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi ? Ularga nimalar kiradi ?

O ’ quv mashg ’ ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo ’ shimcha qator ta ’ lim shakllari mavjud bo ’ lib , bular amaliy – tajriba mashg ’ ulotlari , qo ’ shimcha darslar , fakultativlar , ekskursiya kabilardir .

Bular darsda berilgan bilimlarni to ’ ldirish , mustahkamlash , amaliyot bilan bog ’ lash uchun uyushtirilgan qo ’ shimcha mashg ’ ulotlardir .

Bulardan tashqari o ’ quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari , ishlab chiqarish amaliyoti , o ’ yin shaklidagi mashg ’ ulotlardan ham foydalanmoqda .

Laboratoriya mashg ’ ulotlarida bolalar turli o ’ quv predmetlari bo ’ yicha tajribalar , turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o ’ tkazishadi . Laboratoriya mashg ’ ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi . Amaliy darslarda o ’ quvchilar guruhlarga ajralib , turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi .

Seminar mashg ’ ulotlari nazariy muammolarni faol o ’ rganish shakli hisoblanadi . O ’ rta umumta ’ lim maktablarida seminarlar quyidagicha o ’ tkaziladi : seminar uchun mavzu tanlanadi ; mavzu buyicha reja , ko ’ rsatmalar beriladi ; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi ; asosiy manbalar , ularning betlari aytiladi ; maslahatlar beriladi . Seminarga barcha o ’ quvchilar tayyorgarlik ko ’ rishadi . Seminarning oxirida o ’ qituvchi yakunlovchi suhbat o ’ tkazib , kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi .

Oliy ta lim tizimida ta limning qanday tashkiliy shakllari qo llanilmoqda ?

Uzluksiz ta ’ limning hamma bosqichlarida ta ’ limning o ’ ziga xos tashkiliy shakllari mavjud . Jumladan : ikki bosqichli oliy ta ’ lim tizimida o ’ ziga xos ta ’ lim shakllari mavjud . Bularga : ma ’ ruzalar , seminar va amaliy mashg ’ ulotlar , kafedra o ’ qituvchilarining ochiq ma ’ ruzalarida qatnashish , ma ’ ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish , o ’ quv kurslari bo ’ yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi .

Oliy ta ’ lim tizimida ma ’ ruza o ’ quv jarayonining ham usuli , ham shakli hisoblanib , u talabalarga fan asoslarini og ’ zaki , uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi . Ma ’ ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga , fan ustida o ’ ylashga majbur etadi . Shu sababli ma ’ ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o ’ ziga xos maktabiga aylanadi .

Ma ’ ruzani shunday o ’ qish lozimki , uning ta ’ sirida talabalarda shu fanga , uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar , ilmiy e ’ tiqod , g ’ oya va milliy mafkura asoslari shakllansin . Buning uchun o ’ qituvchi har bir ma ’ ruzaning mazmunini , fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim .

Ma ’ ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi . Buning uchun ma ’ ruza jarayonida ham ta ’ limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo ’ llaridan biri – o ’ qituvchilar bilan talabalar o ’ rtasidagi do ’ stona , faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat .

Bundan tashqari dars va ma ’ ruzaning samarali natijasi o ’ quvchi talabalarning o ’ quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog ’ liq . Shunday ekan ta ’ limni samarali tashkil etish , uning dars , ma ’ ruza va boshqa shakllaridan o ’ qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz , o ’ qituvchining pedagogik mahorati , pedagogik madaniyati , o ’ z fanini puxta bilishligi va o ’ quvchi – talabalar bilan umumiy til topa olishlari g ’ oyat katta ahamiyatga egadir .

T a limni tashkil etishning zamonaviy ( noan anaviy ) shakllari zarurati nimada ? Uning qanday shakllari qo llanilmoqda ?

Mustaqil O ’ zbekistonimizda « Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi » ni amalga oshirishda ta ’ lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog ’ liq ishlar qilinmoqda . T a ’ limni KVN , munozara , disput , konferensiya , mushoira , sud o ’ yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda . O ’ quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo ’ llanilmoqda . Bularga misol tariqasida Sinkveyn , Klaster , Aqliy hujum , T- Chizma , Insert jadvali , B – B – B jadvali , Venn diagrammasi , Konseptual jadval , Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin .

An’anaviy metodlarning afzalliklari:

– ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.

– O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

– Vaqtdan unumli foydalanish.

– Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.

Kamchiliklari:

– O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.

– O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.

– O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.

– Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.

– Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.

Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari:

– O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.

– O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.

– Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.

– O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.

– Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.

– O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

– Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.

– O’z-o’zini baholashning o’sishi.

– O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.

– Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.

– Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.

– Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.

Kamchiliklari:

– Ko’p vaqt talab etilishi.

– O ’ quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi .

– Juda murakkab mazmundagi material o ’ rganilayotganda ham o ’ qituvchi rolining past bo ’ lishi .

– « Kuchsiz » o ’ quvchilar bo ’ lganligi sababali « kuchli » o ’ quvchilarning ham past baho olishi .

– O ’ qituvchining o ’ zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko ’ nikmalariga ega bulishining talab etilishi X ULOSA : Ko ’ p yillar davomida an ’ anaviy dars o ’ tish ta ’ limning asosiy shakllaridan biri bo ’ lib keldi .

An ’ anaviy dars – muayyan muddatga mo ’ ljallangan , ta ’ lim jarayoni ko ’ prok o ’ qituvchi shaxsiga qaratilgan , mavzuga kirish , yoritish , mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta ’ lim modelidir .

Ma ’ lumki , an ’ anaviy darsda ta ’ lim jarayonining markazida o ’ qituvchi turadi .

An ’ anaviy dars o ’ tish modelida ko ’ prok ma ’ ruza , savol – javob , amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi .

Shu sabab , bu xollarda an ’ anaviy dars samaradorligi ancha past bo ’ lib , o ’ quvchilar ta ’ lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar . An ’ anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli – tuman o ’ quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa , o ’ quvchilar o ’ zlashtirish darajasini ko ’ tarilishiga olib keladi .

Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi , o ’ qituvchi tomonidan o ’ quvchilarning qiziqishini orttirib , ularning ta ’ lim jarayonida faolligi muttasil rag ’ batlantirilib turilishi , o ’ quv materialini kichik – kichik bo ’ laklarga bo ’ lib , ularning mazmunini ochishda baxs , munozara , aqliy hujum , kichik guruhlarda ishlash , tadqiqot rolli o ’ yinlar metodlarini qo ’ llash , rang – barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi , o ’ quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash , rang – barang baholash usullaridan foydalanish , ta ’ lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi .

Modellashtirish real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko ’ rinishini ( modelini ) sinfxonada yaratish va ularda o ’ quvchilarni shaxsan katnashishi va faoliyat evaziga ta ’ lim olishini ko ’ zda tutuvchi metod .

Hamkorlikda o rganish modeli – o ’ quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta ’ lim olishini ko ’ zda tutadigan metod .

O rganishning tadqiqot modeli – o ’ quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo ’ naltirilgan , mustaqil tadqiqot olib borishini ko ’ zda tutuvchi metod .

Mustahkamlash uchun topshiriqlar :

1. Mutaxassisligingizga oid darslikdagi biror mavzu asosida noan ’ anaviy shakldagi mashg ’ ulot uchun ishlanma tuzing (T urli interfaol usullardan foydalanib ).

2. An ’ anaviy va noan ’ anaviy ta ’ lim shakllariga munosabatingizni yozma bayon eting .

3. An ’ anaviy va noan ’ anaviy ta ’ lim shakllarini taqqoslab quyidagi chizmani to ’ ldiring :

Ta’limning an’anaviy shakli

Ta’limning noan’anaviy shakli

Pdf formatdagi faylni “Adobe reader” dasturida ochishinizga toʻgʻri keladi. Keyin esa Ctrl+P

(Yaʻni endi chiqishi kerak boʻlgan tarafi toza boʻlishi kerak).

Endi biz sahifaning orqa tarafini chiqarishimiz kerak boʻladi. Yana Ctrl+P ni

Страницы” bo’limiga kitobni sahiflari sonini avvalgidek qoladi.

Дополнительные параметры”dan “В обратном порядке”

’limiga ptichka quaymiz.

Диапазон брошюры “dan “Только тылная сторона”ni

koʻrsatamiz va “Печать” tugmasini bosish bilan faylni chop qilishga

joʻnatamiz. (Xuddi quyidagi ekran kabi ko’rinishda bo’ladi.)

ogʻozlarni bukib kitob holiga keltirish va maxsus stepler yoki

oddiy igna va ip yordamida tikib olishingiz mumkin. Faqat bu chop qilish

usulini oldin kamroq sahifali varaqlarni chop qilib sinab koʻrishni maslahat

beraman. Buning uchun oddiy yozuvlarni “Word 2010″da .pdf formatga

aylantirib chiqarish mumkin. Sahifa kamida 4 varaqdan ibora boʻlishi kerak.

Endi bemalol sinab koʻrishingiz mumkin.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

PDF fayllarini chop etish

bu wiki, ya’ni ko’plab maqolalarimizda bir nechta mualliflar bor. Ushbu maqolada 13 kishi o’z hissasini qo’shdi, ba’zilari noma’lum.

Ushbu maqola 4652 marta ko’rilgan.

Ushbu maqolada: PDF-ni chop etish PDF-ga tegishli muammolarni bartaraf etish va shunga o’xshash maqolalar manbalari

PDF-fayllar hujjatning yaxlitligini himoya qilish uchun juda yaxshi, ammo ularni chop etish paytida og’riqni keltirib chiqarishi mumkin. Bu sizga buni qanday qilishni o’rgatadi. Shuningdek, u hujjat chop etilmaganda nima qilish kerakligini tushunishga o’rgatadi.

Qadam bosish

2-qismning 1-qismi: PDF-ni chop etish

  1. Pdf o’quvchini yuklab oling. Adobe veb-saytidan yuklab olish mumkin bo’lgan bepul o’quvchini taqdim etadi. Bundan tashqari, turli xil ishlab chiquvchilarning o’quvchilarini yuklab olishingiz mumkin. Maxsus o’quvchi dasturini yuklab olmaysizmi? Ko’pgina brauzerlar PDF-fayllarni ham namoyish qilishlari mumkin.
  • Siz tanlagan printer to’g’ridan-to’g’ri siz foydalanayotgan kompyuterga yoki tarmoqqa ulanganligiga va ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.
  • Shuningdek, printerda qog’oz etarli ekanligiga ishonch hosil qiling.
  • Ushbu sozlamalarning joylashuvi PDF faylini ochishda foydalanadigan dasturga bog’liq.
  • Adobe Reader-da siz “Muqova rejimi” yorlig’i orqali ham old, ham orqa qopqoqni yaratishingiz mumkin. Bundan tashqari, printer siyohini tejash uchun “Sifat” ostida “Toner tejash” ni tanlashingiz mumkin. Bu bosilgan fayl sifatini biroz pasaytiradi. Bundan tashqari, siz “Layout” yorlig’ida bosilgan turdagi “Ikki tomonlama” orqali ikki tomonlama tanlash orqali qog’ozni tejashingiz mumkin.

2-qismning 2-qismi: Chop etilmaydigan PDF-da muammolarni bartaraf etish

  1. Printerni tekshiring. Dasturiy echimlarni sinab ko’rishdan oldin, printeringiz to’g’ri ulanganligini va bosib chiqarish ishini bajarish uchun etarli miqdorda siyoh va qog’ozga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Hujjatni bosib chiqarishga to’sqinlik qiladigan qog’oz tiqilib qolishi ham mumkin.
  2. Avval boshqa hujjatni sinab ko’ring. Dastlab, Word hujjati kabi PDF-fayldan boshqasini chop etishga harakat qiling. Agar hujjatni muammosiz chop etish mumkin bo’lsa, unda muammo PDF-faylda bo’lishi mumkin. Agar u boshqa hujjat bilan ishlamasa, sizning printeringizda biror narsa bo’lishi mumkin.
  3. Printer drayverlarini yangilang. Ba’zi printerlarda yangilanmaguncha PDF-larda muammolar bo’lishi mumkin. Printer ishlab chiqaruvchisi veb-saytiga o’ting va qo’llab-quvvatlash bo’limida printer modelini qidiring. Eng so’nggi drayverlarni yuklab oling va o’rnating.
  4. Boshqa printerni ko’ring. PDF-faylni boshqa printerdan chop etishga harakat qiling. Agar asl printer mos kelmasa, bu muammoni hal qilishi mumkin.
  5. PDF-ni boshqa fayl turiga o’zgartiring. Hech narsa ishlamasa, siz PDF-ni rasm fayliga o’zgartirishingiz mumkin. Shunday qilib, printer uni boshqa muammosiz bosib chiqarishi mumkin. PDF-ga aylantirish haqida batafsil ma’lumot uchun ushbu maqolani o’qing. Reklama

Zaruriyatlar

Qiziqarli malumotlar
Pdf faylni kitob shaklida chop etish