PAYROV

PAYROV

PAYROVaskiya sanʼatining eng ommaviy shakli, ijro uslubi. Unda ikki guruh ijrochi kelishilgan muayyan mavzu boʻyicha soʻz toʻqib, oʻzaro tortishadi; mavzuning maʼnolari oxirigacha yechilishi va ijrochilar mavzu doirasidan tashqariga chiqmasligi talab etiladi, bir-biriga javob qaytarganlarida fikr rivoji sezilib turishi lozim. Shiddat b-n, mazmunli qochirimli javob bergan tomon yutadi, sustkashlik qilgan, mavzudan tashqariga chiqqan yoki pala-partish, qoʻpol javob qilgan tomon yutqazadi. Askiya ishqibozlarining qizgʻin qahqahasi bilan gʻolib kelgan tomon olqishlanadi. Payrov mavzulari sonsanoqsiz: inson qayoti, xulq-atvori, uzaro munosabatlar, tabiat va jamiyat hodisalari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, mehnat turlari, kasb-hunar, qishloq xoʻjaligi va sanoat koʻrinishlari, taʼlim, tibbiyot, ilm-fan, sanʼat va adabiyot, bola tarbiyasi va b. P. askiyachidan ham bilim, ham badihagoʻylik, ham moqir ijrochilik talab qiladi. Payrov , asosan, ogʻzaki ijod mahsuli. Tajribali askiyachilar muayyan mavzularni oldindan mashq qilib, pishitib yuradilar.

Ensiklopediya.uz
PAYROV