Payme va Paynet orqali darsliklar ijara to’lovini to’lash mumkin
Darslik uchun ijara to‘lovlarini uydan chiqmasdan amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Endilikda umumta’lim muassasalarining darsliklari uchun ijara to‘lovlarini “Payme” va “Paynet” to‘lov tizimlari yordamida amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun “Payme” va “Paynet” to‘lov tizimida “Kitob jamg‘armasi” bo‘limiga o‘tish orqali ta’lim muassasasi joylashgan hududi, muassasa nomi (raqami), ta’lim tili, sinfi va guruhini tanlangan holda o‘quvchining “Familiyasi, Ismi, Otasining ismi” kiritiladi. Shundan so‘ng tegishli ta’lim tili va sinfiga qarab ijara to‘lovi miqdori avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. To‘lovdan oldin kiritilgan barcha ma’lumotlarni tekshirish va “TO‘LOV” tugmasini bosish bilan to‘lov amalga oshiriladi. Elektron to‘lovlar bo‘yicha savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda Respublika Maqsadli kitob jamg‘armasiningPayme va Paynet orqali darsliklar ijara to’lovini to’lash mumkin
DO`STLARGA ULASHING:
(71) 239-14-91 yoki (71) 239-44-57 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Payme va Paynet orqali darsliklar ijara to’lovini to’lash mumkin