PAVLODAR

PAVLODAR

PAVLODARQozogʻiston Respublikasidagi shahar (1861-y. dan), Pavlodar viloyati markazi. Irtishdagi yirik port. T. y. stansiyasi. Aholisi 300,5 ming kishi (1999). Pavlodarda ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, traktorsozlik, kemasozlik — kema taʼmirlash va b. z-dlar bor. Temir-beton buyumlari k-tlari, issiqlik elektr markazi (TES) lari mavjud, oziq-ovqat va yengil sanoatlari katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmui rivojlangan. Pavlodar yonidan IrtishQaragʻanda kanali oʻtgan. Yirik aeroport, 2 oliy oʻquv yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Pavlodarga 1720-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
PAVLODAR