PAULI
PAULI (Pauli) Volfgang (1900.25.4, Vena —1958.15.12, Syurix) — shveysariyalik nazariyotchi-fizik. Myunxen un-tini tugatgan (1921). Syurixdagi Oliy politexnika maktabi prof. (1928-y. dan), AQSH dagi Prinston in-tida ishlagan (1940—46). Ilmiy ishlari kvant mexanika va maydon kvant nazariyasiga oid. Hoz. zamon fizikasining asosiy prinsipi — Pauli prinsipini bayon etgan (1925). Ishqoriy metallardagi paramagnetizm hodisasini tushuntirib bergan (1927), neytrinoning mavjudligi toʻgʻrisida gipotezani ilgari surgan (1931). Uning yadro kuchining mezon nazariyasi toʻgʻrisida, nazariy fizikaning dolzarb masalalariga oid asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1945).
Ensiklopediya.uz
PAULI