PATRONA XALIL QOʻZGʻOLONI

PATRONA XALIL QOʻZGʻOLONI

PATRONA XALIL QOʻZGʻOLONIIstanbul sh. (Turkiya) kambagʻallarining 1730-y. sent. — noyab. dagi qurolli qoʻzgʻoloni. Unga Xalil (laqabi — Patrona) boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolon soliqlarning koʻpligi, narx-navoning oshib ketganligi va amaldorlarning beboshligiga qarshi koʻtarilgan. Qoʻzgʻolonchilar sulton Axmad III (1703— 30)ni taxtdan agʻdarib, soliq va bojlarni bekor qilishga erishishgan, lekin ularning oʻrtasidagi kelishmovchiliklardan foydalangan yangi sulton Mahmud I (1730—54) qoʻzgʻolonni bostirgan. Patrona Xalil oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
PATRONA XALIL QOʻZGʻOLONI