PATRITSIYLAR
PATRITSIYLAR (patricii, lot. pater — otadan) — Qad. Rimdagi urugʻ zodagonlari. Dastlab Patritsiylar deb urugʻ tashkilotiga kirgan va plebeylarta karshi turgan Rimning barcha tub aholisi atalgan boʻlsa kerak. Anʼanaga koʻra, Patritsiylar dastlab 100, soʻngra 300 ota urugʻini jamlab, Rim xalkini (Populus Romanus Quiritium) tashkil etishgan. Mil. av. 6-a. oxiridan, sinfiy tabakalanish va davlat shakllanayotgan davrda P. Rim respublikasining hukmron tabakasiga aylangan. Ular barcha fuqaro va siyo-siy hukuklarga, xususan, oliy magis-traturani almashtirish hukuqiga ega boʻlishgan. Bu imtiyozlar P. b-n plebeylar oʻrtasidagi kurashga sabab boʻlgan, u mil. av. 5-a. boshidan mil. av. 3-a. boshigacha davom etgan. Bu kurash jarayo-nida Rim respublikasi davlat tizi-mi tuzilgan, plebeylar Populus Romanus tarkibiga kiritilganlar va barcha huquklarda Patritsiylar bilan tenglashganlar. Mil. av. 3-a. boshida Patritsiylar va plebeylar rahbarlari oʻzaro birikib nobilitetni tashkil etishgan. Patritsiylardan boʻlgan nobillar orasida Valeriylar, Klavdiylar, Korneliylar, Fabiylar, Emiliylar, Yuliylar va b. urugʻ vakillari Kad. Rimning siyosiy xdyotida alohida rol oʻynashgan. Imperiya davrida yangi patritsiat vujudga kelib, ular senatorlar tabaqasining imtiyozli qismidan iborat edi; unga imperatorlar tomonidan Italiya va provinsiyalardan chiqkan shaxslar kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
PATRITSIYLAR