PATOGENEZ

PATOGENEZ

PATOGENEZ (yun. pathos — kasallik va… genez) — kasallik va uning ayrim belgilari paydo boʻlishi hamda rivojlanishidagi jarayonlar majmui; patologiyanint bir boʻlimi. Hujayra, toʻqima va aʼzolarning shikastlanishi, orga-nizmning nospetsifik javob reaksiyalari va tipik patologik jarayonlar (mas, yalligʻlanish)ning rivojlanishi Patogenezning umumiy qonuniyatlaridir. Nospetsifik javob reaksiyalari va tipik patologik jarayonlar umumiy P . ning mazmunini tashkil etadi. Kasalliklarning rivojlanishida shika-stlanishdan sodir boʻladigan turli re-aksiyalarning murakkab kompleksi ku-zatilib, ular turning yashashi uchun foydali boʻlishi, individiumga nis-batan esa (rivojlanish darajasi, davom etish muddati va b. omillarga qarab) ham foydali, ham zararli boʻlishi mumkin. Mas, gavda t-rasi koʻtarilishi infeksiyaga karshi kurashishga koʻmaklashadi, ammo t-raning xaddan tashqari (40° dan yuqori) koʻtarilishining oʻzi hayot uchun xavfli oqibatlarga (arterial qon bosimining pasayib ke-tishi va b.) olib kelishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
PATOGENEZ