PASSATLAR

PASSATLAR

PASSATLAR (gollandcha passaat) — tropik kengliklarda okeanlar ustida yil boʻyi barqaror esib turadigan havo oqimlari. Passatlar tezligi Yer yuzasida 5—6 m/s ni tashkil qiladi. Vertikal kalinligi 2—4 km boʻlib, ekvator tomon oshib boradi. Passatlarga meridian boʻylab ekvator tomon yoʻnalgan oqimlar qoʻshiladi, natijada Shim. yarim sharda Passatlar koʻproq shim.-sharqiy shamollar, Jan. yarim sharda esa jan.-shar-qiy shamollar boʻlib esadi. Passatlar subtro-pikdagi antitsiklonlar bilan chambarchas boglangan (ular bu antitsiklonlarning ekvator tomondagi chekkalariga karab esadi). Shamol maromi tez-tez oʻzgarib turadigan tropik oʻlkalarda Passatlar ancha sust, baʼzi joylarda Passatlar oʻrnini mussonlar egallaydi. Ekvator yaqinida bu-tun troposfera va quyi stratosfera qatlamida sharqiy shamollar ustunlik qiladi. Troposferaning yuqori qatlamlarigacha koʻtarila olmagan Passatlar ustida shamollar gʻarbiy yoʻnalishga ega boʻladi. Passatlar ustidagi bu oqimlar antipassatlar deb ataladi. Passatlar va antipassatlar ekvator bilan subtropiklar oʻrtasida sirkulyatsiya sistemasini hosil qiladi.

Ensiklopediya.uz
PASSATLAR