Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish — kerakli ranglar, kosmetika vositalari, qoidalar
Tabiat sizga katta, ifodali ko’zlar ato etmagandek tuyuladimi. Kosmetika do’koni rastalari hajm beruvchi va uzaytiruvchi tushlar, turli rangli soyalar (тень), konsilerlar, quruq va suyuq podvodkalar bilan to’la bo’lgan vaqtda ko’zlar kichikligi muammo emas. To’g’ri qilingan pardoz urg’uni ko’zlarga beradi, ularni vizual tarzda kattalashtiradi. Xo’sh, qanday qilib oddiy bo’yash yordamida ko’zlarni kattaroq qilib ko’rsatish mumkin?
Ko’z makiyaji uchun konsilerdan foydalaning
Pastki qovoqlarda to’q rangli doiralar nafaqat nigohni huddi og’riqli qilib, balki ko’zlarni vizual tarzda kichraytirib ham ko’rsatadi. Sizda shunday muammolar mavjudmi? Unda kosmetichkani konsiler bilan to’ldiring. Sifatli vosita teridagi har qanday rangli defektlarni — husnbuzar, to’q rangli doiralar, pigmentli dog’lar, tomirli «yulduzchalarni» mukammal ravishda yashiradi.
Yuzdagi dog’larni yo’qotish uchun nima qilish kerak?→
Makiyajda turli tuslardagi konsilerlardan foydalaniladi. Ularning har biri muayyan kamchilikni yashiradi. Munosib maskirovka qiluvchi kosmetikani tanlash uchun pastki qovoqlarga yaxshilab e’tibor berish kerak. Ko’z ostidagi binafsharang doiralarni shaftolirang yoki sariq konsiler yaxshi «yashiradi», ko’kimtirlarini — qaymoqrang yoki sariq, qizg’ishlarini — yashil konsiler.
Konsilerni krem bilan namlantirilgan qovoqlarga yaxshilab rastushovka qilib surting. Yuzgda niqob mavjud bo’lgan effektni olini olish uchun teksturasi yengil bo’lgan vositalarni tanlang. Ko’zlar ostidagi doiralarni maskirovka qilish uchun yorug’lik qaytaruvchi zarrachalari bo’lgan emas, balki yaltiramaydigan konsiler mos keladi deb hisoblanadi.
Qoshlarini «ko’taring»
Pardoz qilish vaqtida qoshlarning shakli va rangini korrektsiya qilishni unutmasangiz yanada yaxshi. Qoshlarga urg’u berish uchun tom ma’noda bitta qalam bilan «chiziq» o’tkazish kifoya. Va bu muhim — go’zal qoshlar nigohni o’zgartiradi.
Qoshlaringizning shakliga e’tibor qarating. Ular yuqori qovoqlar ustidan qanchlaik past o’tsa, ko’zlar shunchalik kichik ko’rinadi. Demak ularni biroz «ko’tarish» ortiqchalik qilmaydi — shunda nigoh ochiqroq bo’ladi. Qoshlarning shaklini pinset yordamida yoki go’zallik saloniga borib to’g’irlang.
Qoshlarni ularning shaklini o’zgartirmagan holda ham biroz «ko’tarish» mumkin. Buning uchun xaylayter ishlatish kerak. Ular yoramida qoshlar ostini biroz ochroq qiling — nigoh yanada ochiqroq ko’rinish aks etadi. Lekin me’yorni unutmang. Tarkibida yaltiraydigan zarrachalari bo’lgan vosita zolim hazil o’ynashi mumkin — terining bo’yalgan qismi faol yaltiray boshlaydi, bu esa kichik ko’zlar muammosiga e’tiborni yanada ko’proq jalb etadi.
Qoshlarni bo’yash usullari→
Qoshlaringizni ingichka qiling
Bugungi kunda qalin, keng qoshlar urfda. Moda tendentsiyalariga ko’r-ko’rona ishonish kerakmi yoki yo’q, sizning tanlovingiz. Lekin «hajmli» qoshlar vizual tarzda ko’zlarni kichraytiradi, ular bamisoli qalin qoshlar soyasi ostida «yo’qolib qoladi».
Qoshlaringizni biroz ingichkaroq qiling va siz ko’zguda ochiq, yorqin nigohdan bahramand bo’lasiz. Faqat ortiqcha qosh tuklarini terishda me’yorni unutmang — qoshlar o’rniga nozik chiziqlar ham kerak emas, ular o’tgan asrda qanchalik urfda bo’lgan bo’lmasin.
Makiyajda soyaning kamida ikkita rangidan foydalaning
Barcha vizajistlar bir ovozda ta’kidlashadi — ko’zlarni bo’yashda kamida 2 xil rangdagi soyalardan foydalanish kerak. «Turfa rangli» meyk-ap mo’jiza yaratadi: qovoqlarning yorqinlashtirilgan qismlari nigohga «yangilik» bag’sh etadi, to’qlashtirilgan qismlari esa vizual tarzda ko’zlarni katta qilib ko’rsatadi.
Pardoz vaqtida och rangli soyalarni barcha qovoqlarning harakatlanuvchi barcha qismi va qoshlar ostidagi sohaga surting. To’qroq rangli kosmetika bilan ko’zning tashqi burchaklari va pastki qovoqlarni bo’yang.
Kosmetichkani och rangli ko’z uchun qalam bilan to’ldiring
Kichik ko’z muammosi sizni tashvishlantirayotgan bo’lsa, och rangli ko’z uchun qalamlar xaridi ayni muddao bo’ladi.
Kiprik konturida yorqin rangli qalam bilan ingichka chiziq o’tkazish, so’ng oddiy usulda qovoqlarga soya surtish — tekshirilgan layfxak bo’lib, nigohni keng va «yangi» qilish, ko’zlarni vizual tarzda kattalashtirishga yordam beradi. Och rangli qalam bilan yana bir usul ko’zlari bir-birga yaqin joylashganlar uchun yordam beradi, buning uchun ko’zning ichki burchaklarini ochroq qilish kifoya.
Faqat oq qalam sotib olmang, pardozda faqat krem yoki qaymoqrangli qalamlardan foydalaning
Och tusli kosmetikalardan foydalaning
Och-pushti, qaymoqrang, karamel, qum, shaftoli rangli ko’z uchun soyalar — ko’zlarni kattalashtirish istagida bo’lganlar uchun ayni kerakli kosmetika. Och ranglar yangilik bag’sh etadi. Ko’zlarning rangiga qarab, «o’zingizga mos» soya rangini tanlang.
Yorqin soyalar esa odatda kamchiliklarga urg’u beradi. Boy rangli kosmetika qovoqlarga surtilganda yaxshilab rastushovka qilishni talab qiladi. Aks holda, boy rangli kosmetika va qovoqlarning tabiiy rangi o’rtasida keskin o’tish chegarasi hosil bo’ladi — bunda kichik ko’zlar yuzda yaqqol urg’u berilgan bo’lib qoladi, barcha kamchiliklar yanada aniqroq ko’zga tashlana boshlaydi.
Strelkalarni «to’g’ri» chizing
Strelkali ko’z pardozi sizni o’zgartiradi — ko’zlaringiz aniq kattaroq ko’rinadi. Ammo bu yerda kamchiliklarni to’g’ri yashirish va ularni ajratib ko’rsatmaslik uchun muayyan qoidalarga amal qilish muhimdir!
Ko’zning ichki burchagiga yaqinroqda chiziq imkon qadar ingichka bo’lishi kerak. Strelka ko’zning tashqi burchagiga borib qalinlashadi. Uning «dumchasini» biroz ko’taring, lekin ko’z qovoqlari chegarasidan ko’p ham tashqariga chiqarib yubormang. Pastki qovoqlarga podvodkani faqat tashqi burchakda surting.
Pardoz qilish uchun o’zingizga tanish bo’lgan kosmetikadan foydalaning. Strelka chizish uchun qalam yoki suyuq podvodkadan foydalanish mumkin.
Qora o’rniga ko’k podvodkalardan foydalaning
Ko’zlardagi strelkalarni chizish uchun qanday rang ishlatasiz? Qora emas, to’q-ko’k laynerni ishlatib ko’ring.
Sovuq ko’k rang ko’zlar oqini yorqinlashtiradi, bu esa nigohni yanada ochiqroq qiladi. Ranglar bilan tajriba qiling. Kosmetichkani ko’k, havorang, lazur rangli qalam bilan to’ldiring.
«Smoky eyes» uslubida makiyaj bilan tajriba qiling
«Smoky eyes» uslubidagi ko’z pardozi ko’zlari kichik bo’lganlar uchun ajoyib tanlovdir. Ushbu texnika foydalaniladigan soyalarni diqqat bilan rastushovka qilish talab etiladi. Ko’zlarda yaratilgan «tutun» bilan ular vizual tarzda kattaroq ko’rinadi.
«Smoky eyes»da ishlatiladigan klassik ranglar — qora yoki kulrang. Lekin sizning fantaziyangiz cheklanmaydi. Boshqa tuslar — jigarrang, qaymoqrang, shaftolirangli soyalardan foydalanishingiz ham mumkin.
Lablarga urg’u bering
Kichik ko’zlarni «yashirish» uchun bajariladigan eng oddiy usul — pardozda urg’uni o’zgartirishdir. To’g’ri soyalarni tanlash va strelkalar chizish o’rniga urg’uni lablarga bering.
Lablarga urg’uni yorqin rangli pomada yoki lab uchun blesk bilan berish mumkin. Qizil, malinarang, sharob, bordo ranglar mos keladi.
Go’zallik sirlari
kosmetika vositalari, Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish — kerakli ranglar, qoidalar